ELEVATE YOUR BUSINESS WITH

Limitless customization options & Elementor compatibility let anyone create a beautiful website with Valiance.

Contact info

27 Division St, New York, +154 4808 84082 4830 support@noxia.com Office Hours: 8AM - 5PM Sunday - Wekend Day

JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISH TALABLARI


Tavsif

“FAN VA TA’LIM INTEGRATSIYASI” ilmiy jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan asosiy talablar jahon andozalari hamda O‘zbekistonda yaqindan beri amal qilayotgan PhD va DSc tadqiqotlari tizimidagi andozalardan kelib chiqadi. 
1. Muallif (yoki mualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “FAN VA TA’LIM INTEGRATSIYASI” ilmiy jurnalining quyidagi yo‘nalishlariga mos kelishi shart: 
•  Matematika
•  Fizika
•  Informatika va АT
•  Kimyo
•  Biologiya
•  Geografiya
•  Pedagogika
•  Psixologiya
•  Tilshunoslik
•  Аdabiyotshunoslik
•  Tarix

2. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim: 
Maqola mavzusi (Title). 
Maqola muallifi to‘g‘risida ma‘lumot (Author information). 
Maqola annotatsiyasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida). 
Kalit so‘zlar (o‘zbek, rus va ingliz tillarida). 
Kirish (Introduction). 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). 
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). 
Tahlil va natijalar (Analysis and results). 
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (References). 

3. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 lotin alfavitida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1.15 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 sm. dan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning maksimal hajmi 15 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 8 betdan kam bo‘lmasligi hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan iborat bo‘lishi lozim. 
4. Maqolada jadval, chizma yoki rasmlar ketma-ketlik tarzda raqamlanishi kerak. Jadval nomlari uning yuqori qismida, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko‘rsatilishi, formulalar esa 14 shriftda MathType 5.0 va undan yuqori versiyadagi redaktorda yozilgan bo‘lishi kerak.  
5. Maqolalar o‘zbek (lotin), rus, yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. 
6. O‘zbek tilidagi o‘, g‘, q, h kabi harflar ilmiy maqola matnida gaplar tarkibida to‘liq yozilishi shart. Aks holda ilmiy maqola tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmaydi. 
7. Yuborilgan maqolalarning barchasi “Antiplagiat” tizimida tekshiriladi. Haqiqiyligi 60 foizdan kam bo‘lgan maqolalar qabul qilinmaydi.
Jurnalga yuboriladigan maqolalar uzfijurnal@uzfi.uz elektron pochtasi yoki (93) 358 58 69 telegram raqami orqali qabul qilinadi.