ELEVATE YOUR BUSINESS WITH

Limitless customization options & Elementor compatibility let anyone create a beautiful website with Valiance.

Contact info

27 Division St, New York, +154 4808 84082 4830 support@noxia.com Office Hours: 8AM - 5PM Sunday - Wekend Day

Fan va Ta'lim Integratsiyasi


Tavsif

1. Ushbu Nizom “Fan va ta’lim integratsiyasi”, “Integration of science and education”, “Интеграция науки и образования” jumali tahririyatining (keyingi o‘rinlarda tahririyat deb yuritiladi) huquqiy asosini belgilaydi.

2. “Fan va ta’lim integratsiyasi”, “Integration of science and education”, “Интеграция науки и образования” jurnalining muassisi - O‘zbekiston- Finlandiya pedagogika instituti hisoblanadi (keyingi o‘rinlarda «Muassis» deb yuritiladi).

3. Jumal ilmiy, nazariy-uslubiy nashr bo‘lib, elektron jumal shaklda 80 betdan 200 betgacha, 1 yilda 4 marotaba (3 oyda bir marotaba) o‘zbek, rus va ingliz tillarida, davriy elektron nashr sifatida chop etiladi (jumalning davriyligi, hajmi va sahifalari soniga keyinchalik amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin).

4. Tahririyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1017-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi talablariga muvofiqlashtirilgan holda, «Jumalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, boshqa qonunlar, huquqiy hujjatlarga hamda ushbu nizomga amal qiladi.

5. Tahririyatga bosh muharrir rahbarlik qiladi. Tahririyat mustaqil yuridik shaxs emas, u o‘zining mustaqil balansiga, bank muassasalarida hisob va valyuta raqamlariga, o‘z belgisi tushirilgan muhr va tamg‘aga ega emas. O‘zbekiston- Finlandiya pedagogika instituti balansida faoliyat yuritadi.

6. Tahririyat bilan muassis o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mazkur nizom va ikki tomonlama tuzilgan shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi.

7. Tahririyat joylashgan manzil: O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti binosida, O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shox ko‘chasi 166-uy. Pochta indeksi: 140100.